«Real» Zidan o‘rniga uch nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Sport 10:50 / 19.02.2018 16557

Madridning «Real» klubi bosh murabbiylik uchun Zinedin Zidanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klubdagilar Zidan yozda faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslik bo‘yicha bir qarorga kelishi lozim.

Zidanning o‘rniga potensial nomzodlar sifatida Yurgen Klopp, Maurisio Pochettino va Yoaxim Lyov nomlari ko‘rsatilmoqda. Ammo uchchala murabbiy ham amaldagi shartnoma bilan klub va terma jamoani boshqarib kelmoqda.

Klopp «Liverpul»da ishlayotgan bo‘lsa, Pochettino – «Tottenhem»da. Lyov esa kelgusida ham Germaniya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha kelishib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: