Putin kapital amnistiyasi muddatini uzaytirishni ma'qulladi

Jahon 19:13 / 19.02.2018 5486

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil 1 martdan kapital amnistiya qilinishi haqidagi qonunlar paketini imzoladi. Bu haqda huquqiy axborot portalida ma'lum qilingan.   

Kapital amnistiyasi ofshorlardan kapitallarni olib chiqish va ularni Rossiyaga qaytarish uchun uzaytirilmoqda.

Birinchi qonun loyihasi 2018 yil 1 martdan 2019 yil 28 fevralgacha “kapital amnistiyasini” ko‘ngilli tarzda deklaratsiya qilishning 2-bosqichi muddatlarini o‘rnatadi.

Ikkinchi qonun loyihasi nazorat qilinuvchi xorijiy kompaniyalarni tugatishning oxirgi muddatlarini 2019 yil 1 martgacha uzaytiradi hamda birinchi qonun loyihasini amalga oshirish uchun zarur o‘zgarishlarni kiritadi. 

Amnistiyaning 1-bosqichi 2015 yil 1 iyuldan 2016 yil 30 iyungacha davom etgan. 2-bosqich muddati 2018 yil 1 martdan 2019 yil 28 fevralgacha qilib o‘rnatiladi. 2-bosqichda deklaratsiya topshiradiganlarga 1-bosqichda taqdim qilingan kafolatlar saqlanib qoladi. 

Ko‘proq yangiliklar: