NATO bosh kotibi Rossiya tufayli yangi yadroviy poyga yuz berishi mumkinligi haqida ma'lum qildi

Jahon 10:00 / 19.02.2018 5212

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, Rossiya o‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Bitimni buzmoqda hamda shu tariqa yangi yadroviy poygaga undamoqda. Bu haqda siyosatchi Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«AQSh raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Bitimga imzo chekkan davlatlardan biri sifatida shuni aniqladiki, Rossiya uni buzmoqda hamda yangi o‘rta masofadagi raketani ishlab chiqish, shuningdek, sinovdan o‘tkazishni mo‘ljallamoqda. NATO bo‘yicha barcha sheriklar xavotirda», - deya aytib o‘tdi Stoltenberg.

Stoltenbergning ta'kidlashicha, Rossiyadagi yadro qurollari modernizatsiyasi Yevropaning boshqa mamlakatlarini yadro dasturini rivojlantirishiga turtki berishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: