Meksikada yana zilzila ro‘y berdi

Jahon 13:14 / 19.02.2018 6467

Meksika janubida 6,1 magnitudali yer silkinishi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Yer qimirlashi ertalab Oaxakadan 43 kilometr sharqda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika fuqarolik mudofaasi milliy xizmati 16 fevralda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Oaxaka shtatidagi 33 munitsipalitetda favqulodda vaziyat tartibi joriy qilinishini e'lon qilgandi. 16 fevralda Oaxaka shtatida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Hukumatning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, yuzlab inshootlarga ziyon yetgan. Milliy seysmologik xizmatning ma'lum qilishicha, 16 fevraldan boshlab 1,5 mingtadan ko‘proq aftershok qayd qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: