«Lokomotiv» Erondagi uchrashuvni boy berdi

Sport 19:40 / 19.02.2018 16171

Osiyo chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri yakunlandi. Unda Eronning «Zob Ohan» klubi Toshkentning «Lokomotiv» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘lim boshida Tabriziy jarima zarbasidan yetkazib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llagan bo‘lsa, o‘yin so‘nggida «temiryo‘lchilar»ning koreyalik futbolchisi Cho Suk Jening qo‘pol xatosidan keyin to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Hussayniy farqni ikkitaga oshirdi. Natijada o‘yin 2:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan tugadi.

OChL
«B» guruhi. 2-tur
«Zob Ohan» (Eron) – «Lokomotiv» (O‘zbekiston) 2:0 (0:0)
Gollar:
 Murtazo Tabrizi (47), Muhammad Rizo Hussayni (90+2).
«Zob Ohan»: 12.Muhammad Rashid Mazohiriy, 34.Milad Faxriddini (33.Sattoriy, 73) 88.Hamid Buhamdan, 6.Xolid Shofiyi, 2.Muhammad Najotmahdi, 8.Qosim Haddodifar (30.Mahdi Rajabzoda, 79), 5.Giorgi Gvelsesiani, 7.Sayid Muhammad Rizo Hussayni, 11.Murtazo Tabrizi (3.Muhammadzoda, 90), 99.Kiros, 10.Baxtiyor Rahmoni
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Bobur Yo‘ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullayev (22.Sanjar Shoahmedov, 76), 8.Sherzod Karimov (27.Sardor Mirzayev, 67), 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev (99.Cho Suk Je, 87).

Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev (37), Oleg Zoteyev (64).
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Huo Veiming (Xitoy) va Vang Deksin (Xitoy)
To‘rtinchi hakam: Masud Tufayliyeh (Suriya).

Ko‘proq yangiliklar: