Latviya markaziy banki rahbari o‘z lavozimidan chetlatiladi

Jahon 19:01 / 19.02.2018 3596

Latviyaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi byurosi (KNAB) tomonidan pora olish gumoni bilan hibsga olingan Latviya Banki (markaziy bank) prezidenti Ilmars Rimshevich o‘z lavozimidan chetlatiladigan bo‘ldi. Bu haqda Latviya bosh vaziri Maris Kuchinskis ma'lum qildi. 

KNAB Rimshevich uchun 100 ming yevro miqdorida garov puli belgiladi. Ushbu pul davlat g‘aznasi hisobiga o‘tkazib berildi.

KNAB tomonidan advokatlariga taqdim qilingan ma'lumotga ko‘ra, byuro garov puli va Rimshevichning gumonlanuvchi deb tan olinishi haqida qaror chiqargan. 17 fevralda byuro Rimshevichni hibsga olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: