Ko‘cha nomlari bilan boshlangan «sovuq urush»ga Turkiya ham qo‘shildi

Jahon 20:35 / 19.02.2018 22215

Shu kunlarda AQSh va Rossiya o‘rtasida sovuq urush qayta avj olganday bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi dahanaki soxta botlarning tortishuvidan so‘ng, siyosatchilar amaliy «harakatlar» orqali “urush“ni davom ettirmoqda. 

Gap shundaki, AQSh poytaxti, Vashington shahar Kengashi a'zolari marhum rus muxolifati, amaldagi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Boris Nemsovni xotirlab «ajoyib» narsa o‘ylab topishdi. Kengash a'zolari 2015 yil fevral oyida vafot etgan Nemsov nomi bilan AQShdagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘chani atay boshladi.

Rus siyosatchisi, o‘ng-qo‘l namoyondasi Mixail Degtyaryov ham o‘z vaqtida javob qaytarishni o‘ylab, Rossiyadagi AQSh elchixonasi joylashgan bino yaqinidagi sayilgohni «Shimoliy Amerika berk ko‘chasi» (berk yakuni) deya nomlashni taklif etdi. Shu oyda Moskva shahar ma'muriyati ushbu masalani muhokama etishi kutilmoqda.

Ochig‘ini aytganda AQSh shu “o‘yin“ni o‘zi boshlagan: 1980 yillarda rus dissidenti, Nobel mukofoti sovrindori va atom fizikasi yo‘nalishida taniqli bo‘lgan olim Andrey Saxarovning qo‘lga olinganiga o‘zgacha munosabat bildirgandi. Bilganingizdek, Saxarov ko‘chasi Vashingtonda yagona emas, AQSh Kongressida Xitoy elchixonasi joylashgan ko‘cha nomini xitoylik inson huquqlari himoyachisi, dissident Lyu Shiaobo sharafiga atash ham taklif etilgan. Xitoy esa qarshi javobda Snouden nomiga to‘xtalgandi.

Bunday takliflar amalda qo‘llab-quvvatlanmagan, xalqlar o‘rtasidagi diplomatiya arzimagan sababga ko‘ra buzilishini hech istamaydi. Ammo, haftaning ilk kunidan Anqara ham g‘alati «Sovuq urush» girdobida ekanini ma'lum qildi. Endilikdan Turkiyadagi AQSh elchixonasi joylashgan ko‘chaning nomi «Zaytun bandi» (Turkiya Shimoliy Suriya - Afrin hududida olib borgan antiterror harbiy amaliyotlari shunday nomlangan) deb nomlanadi.

Aynan shu hafta payshanba kuni AQSh Davlat kotibi (Tashqi ishlar vaziri) Reks Tillerson Turkiyaning xorijdagi harbiy amaliyotlarini AQSh nuqtayi nazardan muhokama etish uchun rasmiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgandi.

Shu paytgacha Turkiya tomonidan harakatlari qoralangan ayrim kurd tashkilotlari va ularning yetakchilari AQSh tomonidan passiv ko‘makka ega bo‘lib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: