Krasnoyarsklik kuyov O‘zbekistondagi o‘z to‘yiga qarzlari tufayli uchib keta olmadi

Jamiyat 12:15 / 19.02.2018 24220

Rossiyaning Krasnoyarskida istiqomat qiluvchi erkak O‘zbekistondagi o‘z to‘yiga uchib keta olmadi. Sud ijrochilari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uni Krasnoyarsk aeroportida qo‘lga olishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, 32 yoshli erkak mast holda avtomobil boshqargani uchun belgilangan ikkita ma'muriy jarimani to‘lamagan. Qarzning umumiy miqdori 60 ming rublga teng. Erkak o‘z qarzlari haqida bilgan, biroq to‘lashni xohlamagan: «Pullari yo‘qligini aytdi, bu qarzdorlarning odatiy bahonasi», - deya aniqlik kiritishdi mahkama matbuot xizmatidan.

Natijada unga mamlakatdan tashqariga chiqish taqiqlandi, bu haqda esa qarzdor aeroportda bilgan. Erkakning qarzlari uning otasi tomonidan to‘lab berildi. U barcha rasmiy jarayonlardan keyingina O‘zbekistonga uchib ketgan: «Yakunda u O‘zbekistonga uchib ketdi, biroq rejalashtirilgan vaqtdan biroz kechroq», - deya aytib o‘tishgan ijrochilar matbuot xizmatidan.

To‘y kuyovsiz o‘tgan, sababi taklifnomalar tarqatib bo‘lingandi.

Ko‘proq yangiliklar: