Qirg‘iziston bosh vaziri taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi

Jahon 14:46 / 19.02.2018 9863

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi va yettinchi danni qo‘lga kiritdi. Bu «Butunjahon taekvondo dunyosi korpusi jamg‘armasi» bosh kotibi Shin Do Yunning mamlakatga tashrifi davomida yuz berdi.

«Qirg‘iziston Respublikasida taekvondo rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun bosh vazir Sapar Isoqov ustalik maqomi, qora belbog‘ va yettinchi danga loyiq deb topildi», - deyiladi Qirg‘iziston hukumati saytidagi xabarda.

Avvalroq Qirg‘izistonda ilk bor ayol kishi prezident matbuot kotibi bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: