Qashqadaryolik hunarmandlarning 500 milliondan ortiq mablag‘i yonida qoladigan bo‘ldi

O‘zbekiston 16:36 / 19.02.2018 13851

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 17 noyabrda qabul qilingan “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Qashqdaryo viloyatida 2017 yilda hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullangan 392 nafar uyushma a'zosiga eng kam ish xaqining yarim baravari miqdorida 500 mln. so‘mdan ortiq qat'iy belgilangan soliq joriy ularning ixtiyorida qolishi kutilmoqda. Bu haqda viloyat Davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Hujjatga muvofiq, "Hunarmand" uyushmasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uyushgan a'zo sifatida a'zolik badali to‘lovisiz kiritiladi. 

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etiladi. Qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.

Ushbu hujjat qabul qilingan vaqtda Qashqadaryo viloyatida 392 nafar hunarmand faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Oradan ikki oy o‘tib hunarmand sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 817 nafarni tashkil etmoqda. 

Qashqadaryo viloyat hokimligi, tashabbuskorlar va tijorat banklarining kredit mablag‘larini jalb etgan holda 2018-2019 yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini o‘z vaqtida qurish va foydalanishga topshirishni ta'minlaydi. Ushbu markazlar hududida "tarixiy sharq bozori" uslubida savdo rastalari va xalq ijodi ko‘rgazmalari uchun maxsus joylar ajratiladi. Mazkur markazlarda qurilayotgan turar joy binolarining birinchi qavatida ustaxona va savdo inshootlari, yuqori qavatlarida hunarmandlar uchun turar joylar tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: