Isroilni yo‘q qilish haqidagi bayonotlarni qabul qilmaymiz – Rossiya 

Jahon 17:36 / 19.02.2018 18984

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, rus tomoni Isroil yo‘q qilinishi lozimligiga oid bayonotlarni qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz Isroil sionistik tuzilma sifatida yo‘q qilinishi, yer yuzidan butunlay o‘chirib tashlanishi lozimligi bo‘yicha bayonotlarni qabul qilmasligimiz haqida bir necha marta aytib o‘tganmiz. Buni o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun umuman noto‘g‘ri yo‘l, deb hisoblayman», - deya aytib o‘tgan Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva istalgan mintaqaviy muammoga Eron bilan kurash vazifasi orqali qarash bo‘yicha harakatlarga ham qarshidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov «Valday» xalqaro munozaralar klubi ochilishida amerikaliklarni Suriyada «o‘t bilan o‘ynashmaslikka» chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: