Ispaniya qiroli referendumdan keyin Kataloniyaga ilk bor tashrif buyuradi

Jahon 09:15 / 19.02.2018 3930

Ispaniya qiroli Felipe VI 25 fevralda Kataloniyaga tashrif buyurmoqchi. El Espanol nashrining ma'lum qilishicha, qirol Barselonada boshlanadigan Mobile World Congress ko‘rgazmasida tashkil etiladigan kechki taom tanovulida ishtirok etadi. 

Ta'kidlanishicha, qirol Kataloniyada oxirgi marta 2017 yil avgustida bo‘lgan va viloyatga mustaqillik referendumi vaqtida ham, undan keyin ham tashrif buyurmagan. 

2017 yil 1 oktabrda Kataloniya mustaqilligi uchun o‘tgan referendumda Ispaniyadan mustaqil bo‘lish uchun 90,18 foiz saylovchi ovoz bergan.

Avvalroq Ispaniya iqtisodiyot vaziri Luis de Gindos Kataloniyaning mustaqil bo‘lish istagi oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan yo‘qotishlarni bir milliard yevroga  baholagandi. 

Ko‘proq yangiliklar: