Buyuk Britaniya YeI bilan rasman hamkorlikni saqlab qolishni o‘ylayapti

Jahon 21:51 / 19.02.2018 4535

Britaniya kelgusida Yevropa Ittifoqi bilan qanday natijalarga erishishi mumkinligini hisoblamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Matbuot kotibi OAV muxbirlari oldida shunday degan. Bu haqda Reyters agentligi muxbiri xabar bergan.

«Vazirlar Mahkamasida vaziyat barqaror bo‘lishiga harakat qilmoqdamiz. Menimcha, bundan buyon ham kuzatib borsangiz, barcha rasmiylarning qarashini shaxsan o‘zidan eshitasiz. O‘ylaymanki, Bosh vazir ham so‘nggi so‘zni aytadi. Shuningdek, kelgusida YeI bilan hamkorlik qilish, ular bilan qanday natijalarga erishish masalasini ham obdon o‘ylab chiqyapmiz», deydi Matbuot kotib.

Buyuk Britaniya sobiq Ichki ishlar vaziri, Konservatorlar partiyasi yetakchisi Tereza Mey fransuz hamkasbi bilan yaqindan aloqalarni saqlab qolgan holda YeIdan iqtisodiy zararsiz chiqish yo‘llarini ko‘zdan kechirmoqda. Shu bilan birga Osiyo davlatlari, xususan, Xitoy bilan ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun katta tashabbus bildirdi.

Shu bilan Birinchi Jahon urushidan oldingi qudratli Buyuk Britaniyaning xalqaro munosabatlarga qaytib kelishini kuzatib borish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlari Rossiya nisbatan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilmaslikka qaror qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: