Astraxanlik bojxonachilar O‘zbekistondan kelayotgan poyezd ichidan 100 dona qorako‘l terisini topishdi

Jahon 15:39 / 19.02.2018 13889

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Qalmiqiston Respublikasi va Astraxan oblasti bo‘yicha Chegaraoldi boshqarmasi xodimlari «Aksarayskiy» temir yo‘l o‘tkazish punktida tijoriy maqsadda olib o‘tilmoqchi bo‘lingan qorako‘l terisi partiyasini topishdi.

O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdining provodnigi 100 dona qorako‘l terisini xizmat kupesida olib o‘tayotgan bo‘lgan. Yukning hujjatlari bo‘lmagan. Shu tufayli fuqaro hamda yukni chegara orqali o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilindi.

Ushbu holat haqida Astraxan bojxonasi xabardor etilgan, deb ma'lum qildi Rossiya FXXning Qalmiqiston Respublikasi va Astraxan oblasti bo‘yicha Chegaraoldi boshqarmasi matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: