AQSh davlat kotibi KXDR bilan muzokaralardagi katta tayoq haqida gapirdi

Jahon 09:40 / 19.02.2018 5742

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqot uchun ochiq. Biroq, uning ta'kidlashicha, mamlakat muzokaralarda «katta tayoq»dan foydalanmoqda. Bu haqda siyosatchi CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz ularni muzokaralar o‘tkazishga ishontirish uchun sabzidan foydalanayotganimiz yo‘q. Biz katta tayoqni qo‘llamoqdamiz», - dedi Tillerson.

Davlat kotibining fikricha, uning ishi KXDR bilan aloqa kanallarini ochiq qoldirishdan iboratdir. Siyosatchining shuningdek aytishicha, AQShda Shimoliy Koreya tomonidan xabarlarni olishmoqda va KXDR diplomatik muloqotga qachon tayyor bo‘lishini bilib olishadi. Shu bilan birga, Tillersonning ta'kidlashicha, Amerika tomoni yarim orolda muzokaralar o‘tkazish istagi paydo bo‘lmagunga qadar Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili Hezer Nauert brifing davomida AQSh KXDRga qachongacha bosim o‘tkazishini aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: