Hakam to‘qqiz futbolchini chetlatdi va o‘yinni muddatdan avval yakunlab qo‘ya qoldi

Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Braziliya chempionatining «Vitoriya» va «Bayya» jamoasi o‘rtasidagi bellashuv katta mojaro hamda janjal bilan yakunlandi. Bahs davomida uchrashuv hakami to‘qqizta qizil kartochkani ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Video tvitterdagi Now Football sahifasida e'lon qilingan.
Hodisa «Bayya» o‘yinchisi tomonidan kiritilgan penaltidan so‘ng yuz berdi. Maydonda futbolchilarning yarmi ishtirokida janjal boshlangan.
Oxir-oqibat bellashuv hakami to‘qqiz o‘yinchini chetlatdi va futbolchilar yetishmasligi tufayli uchrashuvni muddatdan avval yakunlab qo‘ya qoldi.
Mavzuga oid

11:57 / 07.01.2024
O‘zbekistonlik 3 nafar hakam futboldan umrbod chetlatildi. Ular «Qo‘qon-1912»ga sotilgan

18:56 / 04.01.2021
Ravshan Ermatov - rahbarlik faoliyati, tanqidlar va hakamlar imiji haqida

08:16 / 09.12.2020
«PSJ» – «Istanbul» bahsi 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yinni boshqaradigan hakamlar almashtirildi

22:35 / 28.11.2020