Afg‘onistonda terrorchi va narkokurerlar guruhi qamoqdan qochib ketdi

Jahon 11:40 / 19.02.2018 16372

Afg‘onistonning Maydon Vardak viloyatidagi qamoqxonadan o‘n nafar mahbus qochib ketdi. Bu haqda 1TV telekanali mintaqa ma'muriyatiga tayangan holda xabar bermoqda.

«O‘n nafar mahbus qochib ketdi, ulardan ikkisi – «Tolibon» radikal harakati terrorchisi, shuningdek sakkiz nafar narkofurush bor», - deyiladi xabarda.

Mahbuslar qamoqxonadan juma kuni qochib ketgan. Ro‘y bergan hodisa ikkita maxsus komissiya tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: