60 metrga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Sport 08:45 / 19.02.2018 27940

Amerikalik yengil atletikachi Kristian Koulman 60 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu AQSh chempionatida ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda TASS.

Koulman belgilangan masofani 6,34 soniyada chopib o‘tgan. Avvalgi rekord uning hamyurti Moris Gringa (6,37) tegishli edi.

Yopiq inshootlarda yengil atletika bo‘yicha musobaqa Albukerkda tashkillashtirildi.

Ma'lumot uchun, ayollar o‘rtasidagi rekord rossiyalik Irina Privalovaga (6,92) tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: