Turkiya Tillersonning tashrifidan so‘ng AQSh o‘z va'dasida turishiga umid qilmoqda

Jahon 19:00 / 18.02.2018 5287

Anqara AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Turkiyaga   tashrifidan so‘ng o‘z va'dasida turishiga umid bildirmoqda. Bu haqida yakshanba kuni Myunxendagi Xavfsizlik konferensiyasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi.  

"Suriya masalasida sheriklarimiz bilan qarashlarimizda nomuvofiqliklar bo‘lishi kerak emas. Biz AQSh bilan muayyan kelishuvlarga egamiz va Reks Tillersonning tashrifi davomida u bilan shu haqida gaplashganmiz. Biz AQSh bu safar bizga bergan va'dalarini bajarishi kerak, deb hisoblaymiz", - dedi u.

Chovusho‘g‘li amerikaliklarning Suriyada "Xalq mudofaa kuchlari" (XMK) otryadlari bilan birgalikda IShIDga qarshi kurashini nojoiz deb atadi, zero Anqara XMKni Kurdiston ishchilar partiyasining tarmog‘i deb hisoblaydi. 

"Biz Raqqada ular o‘rtasida bitim tuzilganini ko‘rdik. Hozir XMK IShID bilan birga Turkiyaga qarshi chiqmoqda. Mana ittifoqdoshlarimiz qanday odamlar bilan hamkorlik qilishmoqda. Bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deya ta'kidladi Chovusho‘g‘li. 

12 fevral kuni u Anqara va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar "yo tiklanishi, yoki butkul uzilishi" mumkinligi haqida aytgandi.

Tillerson 15-16 fevral kunlari Turkiyaga rasmiy tashrifi davomida Chovusho‘g‘li va prezident Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Tashrif yakunlariga ko‘ra, Anqara va Vashington "ikki tomonlama munosabatlarning normallashuvi haqida kelishib olgani" ma'lum qilindi. Qo‘shma bayonotda qayd qilinishicha, Turkiya va AQSh Suriyada qator terrorchi guruhlar, shu jumladan IShID va Kurdiston ishchilar partiyasi bilan kurashni davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: