Tashqi xavf tahdidi ostida Venesuela bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Jahon 15:30 / 18.02.2018 5633

Venesuela qurolli kuchlari 24-25 fevral kunlari davomida butun mamlakat hududi bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro ma'lum qildi.

"Men Milliy bolivar qurolli kuchlariga va xalqimizga mudofaa va harbiy yo‘nalishdagi ko‘p tomonlama manyovrlar o‘tkazishni topshiriq qildim. Keyingi shanba, 24 fevral kuni "Mustaqillik 2018" tadbirlari o‘tkaziladi, mashg‘ulotlar 25 fevral kuni ham davom etadi", - degan u "Venezolana de Televisión" ko‘rsatuvi efirida.

"Milliy qurolli kuchlar mamlakatning butun hududi bo‘ylab harakatlanadi: Karib dengizidan Orinoko daryosigacha, Amasonas shtatidan Marakaybo ko‘ligacha, sharqdan g‘arbgacha, shimoldan janubgacha", - deya qayd etgan Maduro. Uning fikricha, bu orqali qurolli kuchlar "butun dunyoga Venesuelani hurmat qilish zarurligi, bu mustaqil mamlakat hurmatga sazovor ekanini namoyish qilishadi".

O‘tgan haftada Venesuela Respublikasi Konstitutsion assambleyasi bosh prokurori etib tayinlangan Tarek Uilyam Saab mamlakat dushmanlari Kolumbiya hududidan bostirib kirishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi.

Keyinroq Kolumbiya qurolli kuchlari rahbari general Alberto Mexia bu fikrni butunlay inkor qilib chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: