Oq uy Turkiya Afrinda kimyoviy qurol qo‘llagani haqidagi bayonotga munosabat bildirdi

Foto: Depositphotos
Oq uydagilarning bildirishicha, Turkiya Afrin hududida kimyoviy qurol qo‘llashi ehtimoli deyarli yo‘q. Bu haqda Associated Press muxbiriga AQSh prezidenti ma'muriyatining o‘z nomi sir qolishini istagan vakili xabar bergan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uydagilar Turkiya Suriya shimolida kimyoviy qurol qo‘llagani haqida xabarlar bilan tanishib chiqishgan. Hozircha bu xabarni butunlay rad etish ham, tasliqlash ham imkonsiz.
Shu vaqtda Suriyadagi SANA agentligi turkiyalik harbiylar Afrinda zaharli moddalar ishlatgani haqida xabar tarqatdi. Bu hujum oqibatida 6 kishi jarohatlangani aytildi.
Keyinroq Afrindagi kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari rasmiy vakili Turkiyani Afrinda xlor va napalm qo‘llashda aybladi.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:52 / 05.03.2025