Germaniya mudofaa vaziri dunyo barqarorligiga xavf soluvchi bosh tahdidni ma'lum qildi

Jahon 07:39 / 18.02.2018 22473

Dunyo barqarorligiga hech bir narsa kiberhujumlardek xavf solmaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen CNBC telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, gap qanday raqib, jumladan IShID haqida ketmasin, aynan kiberhujumlar eng katta xavf hisoblanadi. “Ular kiberhududdan bizga qarshi kurashish uchun foydalanadilar”, deb aytgan mudofaa vaziri.

Fon der Lyayyenning fikricha, axborot tizimlari xavfsizligini ta'minlash turli davlatlar va kompaniyalar rahbarlari uchun asosiy vazifaga aylanadi.

“Bu o‘n yillik kiberxavfsizlik va axborotni boshqarish sohasidagi yaxshilanishlar o‘n yilligi bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan ayol vazir.

Ko‘proq yangiliklar: