Falastin muammosining hal qilinmagani terrorchilar paydo bo‘lishiga muhit yaratadi – ADL bosh kotibi 

Jahon 23:20 / 18.02.2018 3486

Falastin muammosining hal qilinmagani Yaqin Sharqda IShID kabi ekstremistik tashkilotlar va harakatlar paydo bo‘lishiga muhit yaratadi. Bu haqda xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu al-Gayt aytib o‘tdi. 

“IShID ham, birorta boshqa radikal guruh ham o‘z-o‘zicha Yaqin Sharqning muammosi hisoblanmaydi”, deb aytgan al-Gayt. Uning fikricha, IShID mag‘lubiyatga uchradi va yo‘qolmoqda. Al-Gaytning ta'kidlashicha, shu bilan birga “muammo IShID va unga o‘xshash guruhlarni vujudga keltiradigan muhitdan iborat va u Falastin masalasining tartibga solinmagani bilan bog‘liq”. 

Al-Gaytning qo‘shimcha qilishicha, “arab yoshlari va mintaqa aholisi Falastin yoddan chiqarilib, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, deb o‘ylab g‘azab va nafrat his qiladilar”. 

Ko‘proq yangiliklar: