Eronda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan

Jahon 13:50 / 18.02.2018 27750

Eronning Aseman Airlines aviakompaniyasi mamlakat janubida ATR 72-500 rusumli samolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi. Press TV tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyot Dena ziyoratgohi joylashgan tog‘li hududda qulab tushgan.

Samolyot bortida jami 66 kishi bo‘lgan.

Kompaniya toshlarga urilgan samolyotdagi barcha odam halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Isfahon viloyati gubernatorining ma'lum qilishicha, hududda ayni vaqtda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqaruvchilar vertolyotlari voqea joyiga yetib bora olmayapti.

Bundan avvalgi xabarlarda bortida kamida 60 kishi bo‘lgan samolyot Eron janubida qulagani, halokatdan bir necha kishi omon qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: