Eronda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Jahon 12:50 / 18.02.2018 40706

Eronning Isfahon viloyati, Semir shahri hududida yo‘lovchi samolyot qulab tushdi.

Tasnim agentligi Eron favqulodda vaziyatlar bo‘yicha markazga asoslanib xabar berishicha, samolyot bortida 60 nafarga yaqin kishi bo‘lgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyot Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgandi.

Guvohlar ushbu samolyotni ferma hududiga majburan qo‘ndirishga bo‘lgan harakat haqida aytishgan. Qayd etilishicha, halokatdan omon qolganlar ham bor.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 100 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: