Cho‘kmaydigan qayiqlar sinovlari qanday o‘tadi? 

Jahon 15:40 / 18.02.2018 11965

Safehaven Marine kompaniyasi o‘zining yangi The Thunder Child ("Momaqaldiroq bolasi") transport vositasi haqida cho‘kmaydigan qayiq, degan bayonot bilan chiqdi. Bu uning hatto ag‘darilgan taqdirda ham, cho‘kmasligini anglatadi. Buni faqat bir usulda tekshirib ko‘rish mumkin - qayiqni ag‘darib, nima bo‘lishini ko‘rish. Kompaniya qayiqning bir tomoniga trossni bog‘lab, kran yordamida uni ag‘darib ko‘rdi. 

Qayiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. The Thunder Child yoki XSV-17 sinovlari natijalariga ko‘ra, hatto bo‘ronli ob-havoda ham uning boshqaruvi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. Safehaven Marine'ga ko‘ra, qayiq tijorat, qidiruv, qutqaruv yoki harbiy operatsiyalarga mo‘ljallangan. 

Qayiq maxsus kreslolar bilan jihozlangan bo‘lib, ularga 12 nafargacha kishi sig‘ishi mumkin. Har bir kreslo to‘lqin zarblariga qarshi himoyalangan. Shuningdek qayiqqa masofadan boshqariluvchi yashirin avtomatik pulemyotni o‘rnatish mumkin. Buning uchun maxsus stabilizatsiya tizimi joriy qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: