Hafta boshida iliq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston 13:42 / 18.02.2018 19151

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: