Turkiya qurolli kuchlari qadamma-qadam Afrinda g‘alaba tomon bormoqdalar – Erdo‘g‘an 

Jahon 20:45 / 17.02.2018 6167

Turkiya qurolli kuchlari qadamma-qadam Afrinda g‘alaba tomon bormoqdalar, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Afyunkaraxisor viloyatidagi namoyishda.

Erdo‘g‘anning aytishicha, turk harbiylari Suriyaning shimoli-g‘arbidagi hududning 300 kv. kmini terrorchilardan tozalashga muvaffaq bo‘ldilar.  

Uning ta'kidlashicha, 17 fevral holatiga ko‘ra, Afrinda bartaraf etilgan terrorchilar 1600 ga yaqin tashkil qilgan. Afrinda amaliyot boshlangandan beri 30 nafar turk harbiysi va Suriya muxolifatining 60 jangchisi halok bo‘lgan..

Erdo‘g‘an Turkiya dunyoning birorta davlati, jumladan Suriyaga hududiy e'tirozlar bildirmaydi. “Ajdodlarimiz tomondan nazorat qilingan 18 mln kv. km yerdan bizga faqat 780 mingi tekkan bo‘lsa-da, biz boshqa davlatlar yerlariga da'vo qilmaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

“Turkiya sheriklikka tayyor davlatlar bilan aloqa qilishga ochiq. Anqaraning kelajagiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlarni keskin javob kutmoqda”, deb ogohlantirgan Erdo‘g‘an.  

20 yanvarda Suriyaning Afrinini kurd qurolli tuzilmalari jangarilaridan tozalash bo‘yicha “Zaytun shoxi” amaliyoti boshlangan. 

Bashar Asad 2012 yilda Afrinni jangsiz “Demokratik ittifoq” va  Kurdiston ishchi partiyasi (PYD/PKK) terrorchilariga topshirgan. Shundan keyin Afrin hududdagi terrorchilik faoliyatining faol markazlaridan biriga aylangan.  

Ko‘p yillardan beri PYD/PKK Amanos (Nur) tog‘ tizmasi orqali Turkiyaga terrorchi otryadlarini tashlab keladi. Suriyaning bu hududidagi terrorchilar nafaqat Turkiyaning chegaradosh hududlariga, balki Suriyaning “Frot qalqoni” amaliyoti doirasida jangarilardan ozod qilingan hududlariga, shuningdek, Idlibdagi deeskalatsiya hududidagi suriyaliklarga xavf soladi.  

Ko‘proq yangiliklar: