Turkiya Afrinda zaharlovchi moddalardan foydalandi – Suriya OAV

Jahon 09:02 / 17.02.2018 6460

Turkiyalik harbiylar Suriyaning Afrin viloyatidagi hujum vaqtida zaharlovchi moddalarga ega snaryadlardan foydalanishgan. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi xabar tarqatdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, olti kishi jabrlangan. Mahalliy shifoxona direktorining so‘zlariga ko‘ra, ularning bari bo‘g‘ilib qolayotganliklaridan shikoyat qilishgan.

Jabrlanuvchilar kasalxonaga yotqizildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrinda Turkiya harbiy vertolyoti urib tushirilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: