Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi

O‘zbekiston 11:18 / 17.02.2018 22769

Davlat rahbari 17 fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ushbu markaz 2017 yil 30 dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib 16 to‘garak tashkil qilingan. 800 o‘rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Prezident markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: