Ronaldu «PSJ»ga qarshi o‘yinda bir futbolchining zaxirada qolishini istayapti

Sport 18:21 / 17.02.2018 27630

«Real» hujumchisi Karim Benzema nafaqat muxlislarning, balki jamoadoshlarining ham ishonchini yo‘qotgan.

Don Balon xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Zinedin Zidanga Chempionlar Ligasi nimchorakfinalining «PSJ» klubiga qarshi javob bahsida, hujumchi Karim Benzemani zaxirada qoldirishni maslahat bergan. 

Ronaldu bu o‘yinda Beyl bilan birga harakat qilishni istayapti.

Zidanning o‘zi hamon vatandoshining yonini olmoqda, biroq, muxlislar Benzemadan voz kechishni tobora qattiqroq talab qilmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, Madridda o‘tgan dastlabki bahsda «Real» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Joriy mavsumda Benzema 26ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, atigi 6ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: