Poroshenko: «Rossiya jahon urushini boshladi»

Jahon 09:16 / 17.02.2018 39541

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya jahon urushini boshladi. Bu haqda u Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha anjumanda aytib o‘tdi, deb yozmoqda «Yevropa haqiqati».

«Rossiya tomonidan boshlangan gibrid urushi global darajadagi gibrid urushga aylanmoqda», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya rahbariyati tomonidan Ukrainada sinovdan o‘tkazilgan» gibrid urushi usullari jahonning boshqa mintaqalarida qo‘llanilmoqda.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Rossiyani Petya virusini tarqatishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi.

Ko‘proq yangiliklar: