Pyongchang-2018: Misha Geda «sug‘ur kuni»

Sport 10:51 / 17.02.2018 17098

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Figurali uchish bo‘yicha erkin dasturda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Misha Ge o‘z ishtirokini yakunladi. Bir kun muqaddam qisqa dastur 83,90 ballni qo‘lga kiritgan Ge, erkin dasturda 161,4 ballni qo‘lga kiritdi. Jami bo‘lib 244,94 ballga ega bo‘lgan Misha Ge turnirni 17-o‘rin bilan yakunladi. Qizig‘i 4 yil muqaddam Sochi olimpiadasida ham Misha aynan 17-o‘rinni egallagandi. Ammo bir narsani e'tirof etish kerak, Sochida Misha jami bo‘lib 203.26 (qisqa - 68,07, erkin - 135, 19) ball to‘plagandi. Bu safar u ballarini sezilarli ravishda oshira oldi, ammo bu yuqoriroq o‘rinni egallash uchun yetarli bo‘lmadi.

Bu turda birinchi o‘rinni bu safar ham yaponiyalik Yudzuru Hanyu qo‘lga kiritdi va ikki karra olimpiada chempioniga aylandi. Yana bir yaponiyalik Shoma Uno ikkinchi, ispaniyalik Xaviyer Fernandes 3-o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: