Pyonchang-2018. Bugun o‘ynaladigan barcha medallar

Sport 11:17 / 17.02.2018 6034

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida bugun 9-kun bahslari bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kun dasturidan 9ta medallar jamg‘armasi o‘ynalishi belgilab qo‘yilgandi. Hozirgacha ikkita turda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi. Figurali uchishda yaponiyaliklarga teng keladigan raqib topilmagan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi supergigant bahslarida esa chexiyalik Ledetska oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Yana yettita turda medallar o‘ynaladi. Eng asosiy musobaqa sifatida biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 12,5 km masofaga mass-start bahslarini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek ayollar o‘rtasida chang‘i poygalarida estafeta bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya

17 fevral kuni o‘ynaladigan medallar

Figurali uchish
Erkaklar
1. Yudzuru Hanyu (Yaponiya)
2. Shoma Uno (Yaponiya)
3. Xaviyer Fernandes (Ispaniya)

Tog‘ chang‘isi
Ayollar
Supergigant
1. Ester Ledetska (Chexiya)
2. Anna Fayt (Avstriya)
3. Tina Vayrater (Lixtenshteyn)

Fristayl
Ayollar
Chang‘ida sloupstayl
Boshlanish vaqti – 10:00

Chang‘i poygalari
Ayollar
Estafeta
Boshlanish vaqti – 14:30

Biatlon
Ayollar
Mass-start
Boshlanish vaqti – 16:15

Short-trek
Ayollar
1500 metr
Boshlanish vaqti – 17:10

Short-trek
Erkaklar
1000 metr
Boshlanish vaqti – 17:25

Skeleton
Ayollar
Boshlanish vaqti – 17:45

Tramplindan sakrash
Erkaklar
Boshlanish vaqti – 18:30

Medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Germaniya – 9-2-4 (15)
2. Norvegiya – 6-8-5 (19)
3. Niderlandiya – 6-5-2 (13)
4. AQSh – 5-1-2 (8)
5. Kanada – 4-5-4 (13)
6. Shvetsiya – 4-2-0 (6)
7. Avstriya – 3-2-4 (9)
8. Fransiya – 3-2-2 (7)
9. Italiya – 2-1-3 (6)
10. Janubiy Koreya – 2-0-1 (3)

Ko‘proq yangiliklar: