Olimpiada chempioni matbuot anjumaniga antiqa ko‘rinishda keldi

Sport 19:24 / 17.02.2018 10407

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha olimpiada chempioni unvonini qo‘lga kiritgan chexiyalik Ester Ledetskaya final bahslari nihoyasiga yetgach, tashkil etilgan matbuot anjumaniga snoubord ko‘zoynagini taqqan holda tashrif buyurdi. Bu haqda XOQ  rasmiy tvitterida xabar berilgan.

Buni ko‘rib ajablangan jurnalistlarning savollariga Ledetskayaning javobi ham ajabtovur bo‘ldi.

Esterning ta'kidlashicha, supergigant bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘ziga qarab olmagan va ayollarga xos tarzda pardoz-andoz qilishga ulgurmagan. Pardoz qilmagan holda esa u ommaga ko‘rinish berishni istamagandi.

Ma'lumot uchun, Ledetskaya Chexiya terma jamoasiga musobaqadagi dastlabki oltin medalni taqdim etdi.

Ko‘proq yangiliklar: