Oxirgi 600 kunda Qoraqalpog‘istonda 14 shahar va tumanlarda hokim o‘zgardi

O‘zbekiston 13:13 / 17.02.2018 27956

Chimboy tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Umuman olganda, so‘nggi 600 kunda Qoraqalpog‘istonning 14 ta shahar va tumanlarida hokimlar o‘zgardi, deb yozmoqda Kruz.uz.

2016 yilning oktabr oyida bir yo‘la beshta tumanga yangi hokimlar tayinlangan edi.

Foto: Kruz.uz

Kegeyli tumani hokimi lavozimiga Muratbay Abdirov,

Foto: Kruz.uz

Qanliko‘l tumani hokimi lavozimiga Mels Qosnazarov,

image002
Foto: Kruz.uz

Qo‘ng‘irot tumani hokimi lavozimiga Sharaprashid Temirbayev,

Foto: Kruz.uz

Sho‘manay tumani hokimi lavozimiga Baxadir Yangibayev,

Foto: Kruz.uz

Amudaryo tumani hokimi lavozimiga Sultonboy Yo‘ldoshev tayinlangandi.

2017 yilning yanvar oyida Jyengisbay Yembergenov Xo‘jayli tumaniga hokim bo‘lgan edi. Biroq u to‘rt oydan so‘ng lavozimini tark etdi.

Foto: Kruz.uz

O‘tgan yilning aprel oyida Jambul Adilov Taxtako‘pir tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Kruz.uz

May oyida esa bir yo‘la uchta vazir uchta tumanga hokim etib tayinlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Ajiniyaz Seytaxov Nukus tumaniga,

Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Saylavbay Daniyarov Mo‘ynoq tumaniga va

Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritayotganDaryabay Qaypov Xo‘jayli tumaniga hokim etib tayinlandi.

Foto: Kruz.uz

May oyining oxirida Seydamat Avezov Ellikqal'a tumani hokimi etib tayinlandi.

Avgust oyida yangidan tashkil etilgan Taxiatosh tumaniga Farxat Allambergenov hokim bo‘ldi.

Nazvaniye

Noyabr oyi o‘rtalarida esa Nukus shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib Paraxat Tureshov tayinlandi. Bundan oldin bu o‘rinda Sabir Nag‘metov ishlagan edi.

Foto: Kruz.uz

Yilning oxirida esa To‘rtko‘l tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. 19 yil davomida Ellikqal'a tumanini boshqargan Ne'matulla Xudaybergenov To‘rtko‘lga hokim bo‘lib keldi.

Foto: Kruz.uz

2018 yilning 16 fevral sanasida esa Chimboy tumanida hokim o‘zgardi va bu lavozimda Eshanov Polat ish boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: