Nigeriyada terrorchilar bozorga hujum qildi, qurbonlar ko‘p

Jahon 17:01 / 17.02.2018 7459

Nigeriyaning Kondyug shahridagi bozorda uch nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlashlar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda PM News xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, yana 18 kishi voqea oqibatida jabrlangan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan shaxsning ma'lum qilishicha, voqea 16 fevral kuni soat taxminan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da yuz bergan.

Jabrlanuvchilar kasalxonalarga olib ketildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyada qo‘ylar podasi uchun kechgan otishmada 36 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: