«Mafiya davlati» - Saakashvili 

Jahon 10:08 / 17.02.2018 23099

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq rahbari Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina yaqinda parchalanib ketadi. Bu haqda u Avstriyaning Die Presse nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Ukraina oligarxlarning katta iqtisodiy manfaatlari tufayli mafiya davlatiga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotning 70 foizi yetti nafar oligarxga tegishli, ular orasidagi eng asosiylari – Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Rinat Axmetovdir. Ularning ikkovi bu qismning yarmiga egalik qiladi. Institutlar juda kuchsiz, mamlakat esa ishlamayapti», - deya ma'lum qildi Saakashvili.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, mamlakatda «yarim harbiylashgan tuzilmalar bor» bo‘lib, ulardan davlat rahbari va IIV rahbari Arsen Avakov foydalanadi.

Saakashvili Ukrainaning sharqiy hamda janubiy mintaqalari iqtisodiy tanazzulga yuz tutayotgani, ukrainaliklar immigratsiyasi kuzatilayotgani, shuningdek, Chernovitskaya Bukovina va Karpatortida «ayirmachilik kayfiyati» yuz berayotganini aytib o‘tdi. Uning fikricha, bularning bari mamlakatning parchalanib ketishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Ukraina va Gruziyadagi «vaziyatni o‘zgartirish»ga va'da bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: