Kosonsoy tumaniga hokim tayinlandi

O‘zbekiston 10:54 / 17.02.2018 19268

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. 2017 yildan Kosonsoy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Javlonbek Yo‘ldoshev Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Javlonbek Yo‘ldoshev bundan avval Namangan va Pop tumanlarini ham boshqargan.

Ko‘proq yangiliklar: