Efiopiyada favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi

Jahon 00:35 / 17.02.2018 6332

Efiopiya hukumati bosh vazir Xaylemariam Desalegn mamlakatdagi yuz berayotgan tartibsizliklar va siyosiy inqiroz ortida iste'foga ketishini ma'lum qilgandan keyin favqulodda vaziyat tartibini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.   

Hukmron koalitsiya “Efiopiya xalqlarining inqilobiy-demokratik fronti” yig‘ilishdan keyin favqulodda vaziyat e'lon qilishga qaror qilgan. Favqulodda vaziyat tartibi qanday muddat davom etishi ma'lum qilinmagan. 

Mamlakatda muxolifat yetakchilari ozod etilishi talab qilinib ish tashlashlar va namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Yanvar oyidan bugungacha muxolifatning 6 mingdan ko‘proq a'zosi ozod qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: