Buxoro viloyati hokimi ishdan olinmagan

O‘zbekiston 13:00 / 17.02.2018 59181

Ijtimoiy tarmoqlar va bir qator OAVda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod qilingani haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Hokim o‘z ishini bajarishda davom etmoqda.

O‘ktam Barnoyev Buxoroga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyevga hamrohlik qilmoqda. Buni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilib borilayotgan fotosuratlar tasdiqlab turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 fevral kuni Peshku tumanida Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari o‘tgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Mirziyoyev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta'minlash ekanini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: