Avstraliyada kenguru ovchidan o‘ch oldi 

Jahon 08:19 / 17.02.2018 18613

Avstraliya g‘arbida kenguru yosh ovchining jag‘ini sindirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

19 yoshli ovchi Joshua Xaydenning aytishicha, u mashinadan kengurularni o‘qqa tutayotganda, kengurular uning mashinasiga hujum qilishgan. Kengurulardan biri mashina peshoynasiga sakrab chiqib olgan. U sakrash vaqtida ovchining jag‘iga tegib ketgan. Ovchi zarbadan hushini yo‘qotgan.

U 30 soniyacha behush bo‘lgan. O‘ziga kelgach esa uni mashina orqasida o‘tirgan ukasi urdi, deb o‘ylagan. Mahalliy shifoxonada yigitning jag‘i singani aniqlangan. Shifokorlar yigitning yuzi kuchli shishib ketgani sababli jarohatini 10 kundan keyingina operatsiya qila olishlarini ma'lum qilishgan.

Foto: Daily Mail

 

Ko‘proq yangiliklar: