Anqara Suriyada urush olib borayotgani yo‘q – Turkiya bosh vaziri

Jahon 18:50 / 17.02.2018 5883

Anqara Suriyada urush olib bormayapti, gap terrorizm bilan kurash haqida ketmoqda, deya ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha 54-anjumanda chiqish qilib.

"Suriyada urush yo‘q, bu terrorizm bilan kurash, unda nafaqat Turkiya, balki koalitsiya tarkibidagi 62 davlat, shuningdek, Rossiya va Eron ham ishtirok etyapti. Biz NATO a'zosimiz, biz koalitsiyamizning bir qismimiz, koalitsiyani havoda qo‘llab-quvvatlamoqdamiz, NATO Turkiyadagi harbiy-havo bazalaridan foydalanmoqda, aynan ular tufayli amaliyot ro‘y berdi", - deya ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri.

Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda “bir terrorchilik tashkiloti tor-mor keltirildi, biroq endi terrorchilar yangi nom ostida guruhga birlashib, ruslar va amerikaliklarning qurolini qo‘llashmoqda, u nolegal yo‘l bilan olinmoqda”.

Turkiya hukumati rahbarining ta'kidlashicha, Anqara Suriyaning Afrinida “xalqaro qoidalar va kelishuvlarga muvofiq holda” harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya OAV Turkiya Afrinda zaharlovchi moddalardan foydalangani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: