Turkiya va AQSh munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldi

Jahon 18:00 / 16.02.2018 7110

Anqara va Vashington munosabatlarni iliqlashtirish uchun mexanizmni yaratishga kelishib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li va AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning matbuot anjumaniga asosan xabar bermoqda.

«Kecha (15 fevral kuni) bizning umumiy irodamiz bilan munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldik. Biroq AQSh bizga bir necha marta va'da berib, so‘ng uni bajarmagan. Biz shunchaki qog‘ozda qolib ketmaydigan qadamlarni qo‘yish haqida gapirdik, bu muammolarga yechim topish uchun mexanizm tashkil etishga qaror qildik», - deya ma'lum qildi Chovusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turk tomoni AQShdan suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari Firotning sharqiy qirg‘og‘iga olib o‘tilishi bo‘yicha kafolatlar kutmoqda.

Tillerson, o‘z navbatida, Amerika qurolini kurdlarning «Suriya demokratik kuchlari»ga yetkazib berilishi haqida izoh berdi.

«Biz Turkiyaga har doim shuni aniq ma'lum qilganmizki, «Suriya demokratik kuchlari»ga yetkazib berilayotgan qurol cheklangan bo‘lib, aniq missiyalarga yo‘naltiriladi hamda faqat harbiy vazifalarga erishish uchun bosqichma-bosqich taqdim etiladi», - deya aytib o‘tdi Tillerson.

Ko‘proq yangiliklar: