Startda o‘zbekistonlik sportchi. Pyongchang-2018: bugun o‘ynaladigan medallar

Sport 11:37 / 16.02.2018 15381

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida bugun o‘zbekistonlik sportchi ham startga chiqdi.

Figurali uchish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda ishtirok etgan Misha Ge qisqa dasturda, 83,90 ballni qo‘lga kiritib, 30 nafar sportchi orasida 14-o‘rinni egalladi. Bu Mishaning ertaga bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok etish uchun yetarli bo‘ldi. Jami bo‘lib 24 nafar sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Taqqoslash uchun medal taqdim etadigan uchinchi o‘rinda borayotgan sportchi qisqa dasturda 104,17 ballga ega bo‘lgan. Ertaga Toshkent vaqti bilan 06:00da final musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bugun esa jami yettita yo‘nalishda medallar o‘ynaladi. Hozirgacha bir yo‘la 4ta turda g‘oliblar nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi. Skeletonda Janubiy Koreya, tog‘ chang‘isining super gigant bahslarida Avstriya, ayollar o‘rtasidagi slalomda Shvetsiya va snoubordda Italiya terma jamoasi vakillari oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Endi erkaklar chang‘i poygalarida erkin usulda 15 km masofaga g‘oliblarni aniqlab olsa, Konkida yugurish bo‘yicha ayollar 5 km masofada bellashadi. Shuningdek Fristaylning havoda akrobatika yo‘nalishida ham g‘oliblar aniqlanishi lozim.

Olimpiada-2018

16 fevral kuni o‘ynaladigan medallar

Skeleton
Erkaklar
1. Yun Sunbin (Janubiy Koreya) 
2. Nikita Tregubov (Rossiya)
3. Dominik Parsons (Buyuk Britaniya)

Tog‘ chang‘isi
Erkaklar
Supergigant
1. Mattias Mayyer (Avstriya)
2. Beat Foyts (Shveytsariya)
3. Ketil Yansrud (Norvegiya)

Ayollar
Slalom
1. Frida Hansdotter (Shvetsiya)
2. Vendi Holdener (Shveytsariya)
3. Katarina Gallxuber (Avstriya)

Snoubord
Ayollar
Bord-kross
1. Mikela Moyoli (Italiya)
2. Juliya Pereyra de Souza Mabilo (Fransiya)
3. Yeva Samkova (Chexiya) 

Chang‘i poygalari
Erkaklar
15 km, erkin usud
Boshlanish vaqti – 11:00

Konkida yugurish
Ayollar
5000 metr
Boshlanish vaqti – 16:00

Fristayl
Ayollar
Havodagi akrobatika
Boshlanish vaqti – 16:00

Ko‘proq yangiliklar: