«Real» prezidenti Asensioga rekord narx belgiladi

Sport 13:24 / 16.02.2018 23003

«Real» prezidenti Florentino Peres hujumchi Marko Asensio narxini 700 million yevro deb e'lon qildi. 

Mulozimning ta'kidlashicha, yozda u futbolchini 150 million yevroga sotmagan.

«Asensio narxi 700 million yevro turadi, bir yevro ham kam emas. U «Real»ni tark etmaydi. Ishonchim komil, bu yerda katta g‘alabalarni qo‘lga kiritadi.

Zidan hujumda Beyl – Benzema – Ronalduga ishonch bildirib, Asensioni hisobdan chiqardi deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Zidan Asensio o‘yinidan hayratda. Yozda bizga Asensio uchun 150 million taklif qilishdi, biroq men ham, Zidan ham undan voz kechishni hayolimizgayam keltirmadik» - deb Peres so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik «Real» tarkibida 34ta o‘yin o‘tkazib, 8ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: