PFL yangi logotipi namoyish etildi

Sport 20:20 / 16.02.2018 14454

O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangilangan logotipini taqdim etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Tanlov e'lon qilingach, O‘zPFLga ko‘plab mualliflardan turli ko‘rinishdagi logotiplar kelib tushdi. O‘zPFL qoshida tuzilgan maxsus komissiyaning xulosasiga ko‘ra logotip tanlab olindi va O‘zPFLning rasmiy logotipiga aylandi.

Demak, mazkur logotip barcha professional klublar faoliyatiga joriy etiladi. Klublarning rasmiy xatida, sport kiyimida, stadion banneri va boshqa faoliyatida ushbu logotip aks ettiriladi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: