XOQ a'zosi qo‘riqlash xizmati xodimi bilan mushtlashuv uchun uzr so‘radi va Pyongchangni tark etdi

Sport 10:45 / 16.02.2018 5272

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) a'zosi va Xalqaro bobsley hamda skeleton federatsiyasi vitse-prezidenti Adam Pengilli qo‘riqlash xizmati xodimi bilan mushtlashuv uchun uzr so‘radi, deb xabar qilmoqda TASS.

«Ha, XOQ a'zosi va qo‘riqlash xizmatida ishlagan ko‘ngilli o‘rtasida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. XOQ a'zosi etika bo‘yicha komissiyaga chaqirildi, u xatoga yo‘l qo‘yganini darhol tan oldi. Pengilli uzr so‘radi va Koreyani tark etdi. Biz hodisa batafsil o‘rganib chiqilganidan xursandmiz», - deya aytib o‘tdi XOQning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Mark Adams.

«So‘z jangi yuz berdi, u buning uchun uzr so‘radi. Qo‘llar ishlatilganiga keladigan bo‘lsak, biz buni hali aniqlashimiz lozim», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Ko‘proq yangiliklar: