Buxoroda "uchar darvesh" va "erkin musavvirlar" ko‘chasi paydo bo‘ladi

O‘zbekiston 19:08 / 16.02.2018 19954
Foto: O‘zbekturizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoroning sayyohlik salohiyatini oshirish va qo‘shimcha ko‘ngilochar tadbirlar turlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida "erkin musavvirlar" ko‘chasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqdi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Bu bo‘yicha mahalliy hukumat organlari bilan ish olib borilib, "erkin musavvirlar" ko‘chasining lokatsiyasi belgilandi. Shuningdek mahalliy musavvirlar fikri o‘rganilib, ushbu loyihada ularning faol ishtiroki ta'minlanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Bunday ko‘chalarni yaratish tajribasi yetakchi xorijiy sayyohlik markazlarida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mamlakatimiz poytaxtida ham uning muqobili - Sayilgoh ko‘chasi yoki "Toshkent brodveyi" mavjud. Bu kabi ko‘chalarda shunchaki sayr qilish yoqimli: mehmonlar san'at asarlaridan zavq olishadi, mahalliy zamonaviy san'at namunalari bilan tanishishadi va hatto portretga buyurtma berishlari yoki tayyor ishlardan birini esdalik uchun xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Buxoroning qadimiy qismida "uchar darvesh" paydo bo‘ldi. Bunday turistik attraksion sayyohlar uchun qiziq bo‘ladi va sayyohlik yo‘nalishlarining jozibadorligini oshiradi. Kelgusida bunday ko‘ngilochar shou-loyihalar boshqa mashhur turistik shaharlarda ham amalga oshiriladi. Bu nafaqat darveshlar, milliy kolorit muhitini aks ettiruvchi boshqa personajlar - masxaraboz, sarbon yoki hatto mashhur ertak qahramonlari ham bo‘lishi mumkin, masalan, dunyoga mashhur Xo‘ja Nasriddin.

Foto: O‘zbekturizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu g‘oya unga Yevropa turistik markazlaridan biri bo‘ylab qilgan sayohati davomida kelgan va milliy kaloritini hisobga olgan holda mamlakatimizda muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon va boshqa tarixiy shaharlaridek turistik markazlarida bunday loyihalar katta salohiyatga ega bo‘ladi va sayyohlar orasidagi taniqli maskanlardan biriga aylanishi kafolatlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: