Belgiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekiston 20:50 / 16.02.2018 4266

16 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belgiya qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Jan-Artur Rejiboni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, uni yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston — Belgiya munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, jumladan O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida rivojlanishning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan milliy parlamentlar va tashqi siyosat idoralari darajasida munosabatlarni mustahkamlash, O‘zbekiston va Belgiyaning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Dolzarb xalqaro muammolarni muhokama qilish chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, 2018 yilning 26—27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: